JUNCHO’P
JUNCHO’P (Scorzonera circumfl exa) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Ildizi tuganaksimon yo’g’onlashgan, 1-3 poyali, mayin qo’ng’ir tuklar bilan qoplangan. Bargi nashtarsimon, dag’al. To’pguli tsilindrsimon. Aprel—mayda gullaydi. O’zbekistonning tog’yon bag’irlarida ko’p o’sadi. Tarkibida kauchuk bor.
O‘xshash so‘zlar
- JUNG’ARIYA XONLIGI
- JUNGLI
- JUNO
- JUNUSBEKOV ELMUROT
- JUNXO’RLAR
- JURUA
- Juvayniy, Xoja Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad Juvayniy
- JUVOLDIZ










