JUNXO’RLAR

JUNXO’RLAR (Irichodectidae) – parxo’rlar turkumining oilasi. Uzunligi 10 millimetrgacha. Tanasi qora rangli, qanotsiz hasharotlar. 200 dan ortiq turi ma’lum. Sut emizuvchilar yungida parazitlik qiladi. Terining muguzlashgan qismlari bilan oziqlanib, uni teshadi. Ayrim ixtisoslashgan turlari biror muayyan turdagi xayvon terisida parazitlik qiladi. Junxo’rlar tasmasimon chuvalchanglardan — qovoqsimon gijjaning oraliq xo’jayini.