KABARDINLAR

KABARDINLAR (o’zlarini adigelar deb ataydilar) — xalq. Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Kabarda-Balkariya Respublikasida (364 ming kishi), Krasnodar, Stavropol o’lkalarida hamda shimoliy Osetiyada ham yashaydi. Rossiya Federatsiyasida umumiy soni 386 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Kabardincherkas tilida so’zlashadilar. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar, pravoslavlar ham bor.