Kaklik

Kaklik (Alectoris kakelik) — qirg’ovulsimonlar oilasiga mansub qush. Og’irligi 370-770 g. Rangi yashaydigan joyiga mos bo’ladi. Tumshug’i, oyoqlari qizil. Narining oyog’ida kichkina to’mtoq Pixi bor. Jan. Evropada, Kichik, O’rta va Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qrimda yo’qolib ketgan edi, hozir qaytadan iqlimlashtirilmoqda. O’rta Osiyo tog’larida, tog’yon bag’irlarida o’troq yashaydi. Juda hushyor, tez yuguradi, Le- kin uzoq masofaga ucholmaydi. Tog’larda yashashga moslashgan. K.— monogam qush. Martda urchiy boshlaydi. Uyasini tosh- lar, butalar, o’tlar ostiga quradi. 6-24 tuxum qo’yadi. Jo’jasi tuxumdan 20 kunda chiqadi va ertasigayoq ota-onasiga erga- shib yuradi. O’simliklarning kurtagi, barglari, don va urug’lari, hasharotlar, ularning lichinkalari b-n oziklanadi. Go’shti juda mazali, ovlanadi. Dekora- TIV sayroqi qush sifatida to’rqafasda boqiladi.