Kamer musiqa
Kamer musiqa (lot. camera — xona) — katta bo’lmagan xonada tor do- iradagi tinglovchilarga ijro etish uchun mo’ljallangan musiqa asarlari. Filar- moniya zali, teatr binosi kabi maxsus joylarda ijro etiladigan simfonik, kontsert, opera va balet janrlaridan farq qiladi. K.m. yakka ijrochi yoki ka- mer ansambl (duet, trio, kvartet va b.) uchun yozilgan Sonata, syuita, miniatyura, romans kabi namunalardan iborat; unda nozik ifodaviy vositalar, lirik hamda chuqur psixologik holatlar asosiy o’rin tutadi. «K.m.»atamasi dastlab 16-17- a.larda Italiyada cherkov musiqasidan farqlash uchun dunyoviy vokal va cholg’u musiqasiga nisbatan qo’llanilgan. 19-a. ga kelib K.m. kontsert zallarida ham ijro etila boshladi. 19-20-a.larda ko’p mamlakatlarning kompozitorlari ijo- dida K.m. janr va shakllari rivojlandi. O’zbekiston kompozitorlari g. Mushel, M. Burhonov, S. Yudakov, B. Gienko, Ik. Akbarov, S. Jalil, F. Yanov Yanovskiy, T. Qurbonov va b. turli K.m. asarlari yara- tishgan.