Karageorgievichlar

Karageorgievichlar – Serbiyada 1808-13, 1842 — 58 yillarda knyazlar sulolasi, 1903 yildan qirollar sulolasi, keyinchalik serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi (1918-29) va Yugoslaviya (1929-45, amalda 1941 yilgacha hukmronlik qilishgan)dagi hukmron sulola. Usmonli turklarga qarshi 1-serb qo’zg’oloni (1804-13) rahbari Karageorgiy 1808-13 yillarda Serbiya hukumati boshlig’i (oliy Knyaz) bo’lgan. U «xalq yo’lboshchisi» deb nom olgan va Karageorgievichlar sulolasiga asos solgan. Asosiy vakillari: Karageorgiy (sulola asoschisi), Petr I (1903-21 yillarda qirol), Aleksandr I (1921-34 yillarda qirol), Petr II (1934 yildan qirol), 1941 yil Yugoslaviyaga fashistlar Germaniyasi va Italiya hujum qilgandan keyin bir necha kun o’tgach, xorijga qochgan. 1945 yil 29 noyabrda Yugoslaviya xalq ozodligi antifashist vechasining 3-sessiyasi monarxiyaning tugatilganligini rasman e’lon qilgan.