Karbonat angidrid nima?
Karbonat angidrid — gazsimon holatda mavjud bo’lgan modda. Agar biroz sovutilsa, uning tarkibi qattiqlashadi. Havoning tarkibida biroz miqdorda karbonat angidrid bor, ya’ni 2560 litr havoda deyarli 1 litr karbonat angidrid uchraydi. Ugleroddan iborat hayvon va o’simlik to’qimalari chiriganida karbonat angidridning katta qismi havoga ko’tariladi. Ugleroddan iborat, masalan, o’tin yoxud toshko’mir kabi yoqilg’ilar yonish paytida ulardan katta miqdorda ikkilamchi karbonat angidrid ajratadi. Yashash uchun inson organizmiga biroz miqdorda karbonat angidrid talab qilinadi. U yurakning urish tezligini va organizmning boshqa ayrim funksiyalarini nazorat qiladi. Lekin organizmda karbonat angidrid miqdorining ko’pligi katta zarar keltiradi va hatto o’limga olib kelishi mumkin. Odamzot kislorodni o’zi nafas olayotgan havodan oladi. Kislorod qonga boradi. U yerda ovqat bilan qo’shilib, u bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishishi natijasida karbonat angidridga aylanadi. Karbonat angidrid o’pkaga kelib, u yerdan nafas olish yo’llari orqali tashqariga chiqariladi. Daraxtlar esa, o’z navbatida, karbonat angidridga kuchli hayotiy zarurat sezadi. O’t-o’lanlar karbonat angidridni havodan barglari orqali olib, yutadi. Karbonat angidrid suv bilan birikadi, shundan keyin Quyosh nurlari yordamida karbonat angidrid va suvning o’zaro birikmasi kraxmalga, o’simliklar uchun zarur boshqa ozuqalarga aylanadi. O’simliklar esa o’zidan kislorod chiqaradi. Shunday hilib, o’simliklar kislorod tarqatadi. Odamlar va hayvonlar esa bu kislorodni qabul qilib olib, o’zlaridan karbonat angidrid chiqaradilar. Bunday holat esa havoning tarkibida kislorod va karbonat angidridning doimo yetarli miqdorda bo’lishini ta’minlaydi. Karbonat angidrid sanoat maqsadlarida ham qo’llanadi. Bu jabhada odamlarga eng ma’lumi — gazlashtirilgan ichimliklardir.