Karimov Abduhakim Karimovich

Karimov Abduhakim Karimovich (1944, Narpay tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutining Filologiya fakultetini tugatgan (1970). 1970 yildan Konimex shaharchasidagi 9-, Buxoro shahridagi 20-, Narpay tumanidagi 1-, 1976 yildan Oqtosh shahridagi 2-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi. Karimov dars jarayonida ta’limning noan’anaviy usullaridan va texnika vositalaridan unumli foydalanadi.