Kariota

Kariota (Caryota) — palmadoshlar oilasiga mansub palmalar turkumi. Bo’yi 25 metrcha. Hindiston yarim oroli, Malayya arxipelagi va Hind okeanining ba’zi orollarida, tropik Avstraliyada 10 dan ortiq turi bor. Bargi juft patsimon, uzunligi 6,5 metr. Guli juda yirik (uzunligi 3,5 metrcha) shingilsimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi rezavor. Kariota hayotida bir marta gullaydi. Gullashdan oldin palmaning uchi kesilib, undan palma vinosi tayyorlashda ishlatiladigan va ichiladigan shira olinadi. Ba’zi turlari (S. urnens, S.mitis)HHHr to’pguli shirasidan qand ishlab chiqariladi, vino tayyorlanadi; loyalarining o’zagidan kraxmal olinadi; ko’p turlarining yog’ochi qurilishda ishla tiladi. Barg tolalaridan savat to’qiladi va chutka tayyorlanadi.