Kaskadyor kim?

Filmda suratga tushayotgan aktyor u yoki bu tryuklarni, xususan, agar ular maxsus akrobatik tayyorgarlikni talab etgudek bo’lsa, ijro etishga hamisha ham qodir bo’lavermaydi. Buningdek sahnalarda aktyor o’rnida kaskadyor o’ynaydi, kamdan-kam aktyorlargina xavfli sahnalarda dublyorsiz suratga tushishga rozi bo’lishadi. Chunki kino tarixi suratga olish maydonchasida sodir bo’lgan ko’pdan-ko’p baxtsiz hodisalarga guvohdir. Shunda kaskadyor madadga keladi. Uning qaddu basti ham taxminan aktyornikicha. U mos ravishda kiyinadi. Mabodo zarur bo’lsa, uni hatto grimlab ham qo’yishadi. Kaskadyor duelda jang qiladi, poyezddan sakraydi, boshqa xavf-xatarli vaziyatlarga tushib qoladi. Va u boshqalar singari g’urralar va ko’kariqlar orttirgan hollar gam uchrab turadi. Uning kasbikori o’zi shunaqa-da.