KINESHMA
KINESHMA — Rossiya Federatsiyasi Ivanovo viloyatidagi shahar (1777 yildan), Volga daryosi bo’yidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi qariyb 103 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Yirik to’qimachilik sanoati markazi (ip gazlama kombinati, to’qimachilik fabrikalari). «Elektrokontakt», «Avtoagregat», o’rmon kimyosi zavodlari, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi bor. Kineshma 16-asrdan ma’lum.
O‘xshash so‘zlar
- Kineskop
- Kinetik energiya
- Kinetik san’at
- KINETIKA
- Kinetostatika
- King (King) Martin Lyuter
- King Devid
- Kingston


