KIZLYAR
KIZLYAR — Rossiya Federatsiyasi, Dog’istondagi shahar. Terek daryosining deltasida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 40,7 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Elektromexanika, Elektroapparat z-avodlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Tokchilik rayonining markazi. O’lkashunoslik muzeyi, PM.Bagrationniit (Kizlyarda tug’ilgan) uy-muzeyi bor. Shahar 1609 yildan ma’lum.
O‘xshash so‘zlar
- KLADOFORA
- KLADONIYA
- Klan
- KLAPAN
- KLAPEYRON (V. R. E. Clapeyron) Benua Pol Emil
- KLAPEYRON-KLAUZIUS TENGLAMASI
- KLAPEYRON-MENDELEYEV TENGLAMASI
- KLARK CHARLZ


