KLIVAJ
KLIVAJ (Fransuzcha clivage — parchalanish, qatlamlarga ajralish) — tog’ jinslarining darzlar bo’yicha yupqa plastinka va prizmalarga ajralishi. Ularning yo’nalishlari, ko’pincha tog’ jinslarining birlamchi qat-qatligiga mos kelmaydi. Klivaj avj olgan joylarda asl qat-qatlik butunlay ko’rinmay qoladi. Klivaj, asosan, intensiv burmalanish rayonlarida tektonik kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Yuzaga kelish usullariga ko’ra, uzilish Klivaj, sirpanish Klivaj, yoriq Klivaj va boshqalar farq qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- Klivlend
- Klivlend moliya guruhi
- Klizma
- Kloaka
- Kloakalilar, tuxum qo’yuvchilar, bir teshiklilar, dastlabki darrandalar
- KLOD (CLAUDE) ALBERT
- Klon
- Klon tanlash


