«Komedi fransez» nima?
1643 yilda qirol gulqog’ozchisining o’g’li navqiron Jan Batist Poklen Moler taxallusini oladi va havaskor aktyorlar truppasini tashkil etadi. Tomoshabinlar uning spektakllariga guras-guras kelaboshlagani tufayli Moler viloyatlarga chiqishga qaror qiladi. 1661 yilda Moler va uning truppasiga Paleroyal teatridagi sahna havola etiladi. Aynan shu dargohda buyuk Moler o’z durdonalarini yaratadi. Bu yerda u so’nggi marotaba «Serxarxasha bemor»da rol ijro etadi, bir necha soatdan keyin hayotdan ko’z yumadi. Dramaturg vafotidan keyin uning aktyorlarini teatrdan haydashadi. Ular «Otel Burgon» truppasi bilan birlashdilar va 1680 yildan «Komedi Fransez» nomini oldilar. Bu, Parijda tomosha ko’rsatishga ruxsat berilgan yagona jamoa edi. «Komedi Fransez»ning spektakllari sakson yil mobaynida koptok o’yinlari zalida namoyish etildi. Va faqat inqilobdan biroz avval ajoyib teatr moslashtirilgan binoga ko’chib o’tadi. 1790 yilda esa «Komedi Fransez» aktyorlari Rishele maydonidagi yangi teatrdan doimiy boshpana topishga musharraf bo’lishadi. Napoleon unga rasmiy maqom beradi. Bu teatr uch asrdan beri barhayot. Uch asrdirki, unda eng yaxshi fransuz aktyorlari ishtirok etadigan mumtoz repertuarning ajoyib spektakllari sahnalashtiriladi. «Moler uyi» — bu, «Komedi Fransez»ning tag’in bir nomi. Teatr asoschisi Moler bo’lmayin, kim bo’ladi o’zi, axir!