KONSENSUS

Ma’nosi

KONSENSUS (lot. consensus – yakdillik, kelishuv) — hamfikrlilik, yakdillik, birlik, til biriktirish. Xalqaro shartnomalar tuzishda parlament yoki kengashlarda tegishli qaror qabul qilish; bunda rasman e’tiroz bildirilmasa, ishtirokchilarning umumiy roziligi asosida rasmiy ravishda ovoz berilmaydi. Konsensus usuli, shuningdek, BMT organlarida tan olingan bo’lib, shu tashkilot doirasida o’tkaziladigan xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qo’llaniladi.

O‘xshash so‘zlar

K harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar