KONSTRUKTIV (FUNKSIONAL) IXTILOFLAR

KONSTRUKTIV (FUNKSIONAL) IXTILOFLAR — davlat va hokimiyat organlari, umuman siyosiy tizimdagi u yoki bu tashkilot, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining funksiyalarini bajarishda o’zaro yoki ko’p tomonlama yuzaga keladigan nizolar, kelishmovchilik va ixtiloflar tushuniladi. Konstruktiv (funksional) ixtiloflarlar odatda yuqori tashkilolarning aralashuvi va ta’siri natijasida barham topadi. Lekin, teng huquqga ega bo’lgan davlat hokimiyati organlari o’rtasidagi Konstruktiv (funksional) ixtiloflarlar ko’pincha qaysidir birini tarqatib yuborilishi bilan yakun topadi (masalan, parlament tarqatib yuboriladi yoki hukumat qaytadan tuziladi).