KONTE (CONTE) LANSANA
KONTE (CONTE) LANSANA (1930, Dubreka viloyatining Mussayya qishlog’i) — Gvineya Respublikasi davlat arbobi. General. Kot-D’ Ivuar, Senegal, Gvineya, Frantsiya harbiy o’quv yurtlarida o’qigan. 1955-58 yillarda Frantsiya armiyasida, 1959 yildan Gvineya armiyasida xizmat qilgan. 1975 yildan quruqlikdagi qo’shinlar shtabi boshlig’i. 1984 yil 3 apreldagi davlat to’ntarishidan keyin milliy tiklanish harbiy komitet raisi, 5 apreldan Gvineya Respublikasi Prezidenti. 1984 yil dekabrdan ayni vaqtda Gvineya hukumati boshlig’i va qurolli kuchlar bosh qo’mondoni.
O‘xshash so‘zlar
- KONTEKST
- Konteyner
- KONTENT-TAHLIL
- Kontenintal iqlim
- Konteyner (yuk qutisi)
- Kontenintal yotqiziqlar
- Kontinental iqlim
- KONTINENTAL YOTQIZIQLAR


