KORRESPONDENTSIYA
KORRESPONDENTSIYA (lotincha Correspondeo yoki correspondentia — javob beraman, bildiraman) — publisistik janr. Unda ma’lum davr va o’rindagi aniq ijtimoiy jarayon qamrab olinadi. Korrespondentsiya 2 xil — axborot va tahliliy tarzda bo’ladi. Axborot Korrespondentsiyada, odatda, muallif shaxsan o’zi ko’rgan voqealarni yoritadi, xabarlarni dalillar asosida tahlil etadi, umumlashtiradi, xulosalar chiqaradi. Ta hliliy Korrespondentsiyada ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan dalillar demokratik nuqtai nazardan tahlil etilib, amaliy xulosalar chiqariladi. Korrespondentsiya matbuotda eng keng tarqalgan janrlardan biri.
O‘xshash so‘zlar
- KORRIDA
- Korroziya
- KORROZIYABARDOSH MATERIALLAR
- Korroziyabardoshlik
- Korrupsiya
- Korsak
- Korsakov psihozi, korsakov kasalligi, alkogol polinevretik psihozi
- Korsakov sindromi, korsakov amnestik sindromi


