YOVG’ON
YOVG’ON — go’shtsiz, yog’siz tayyorlanadigan suyuqovqat. Yovg’on xo’rda — guruchning quruq o’zi qaynatilgan suyuq osh; piyova — piyozdan qaynatilgan sho’rva; Yovg’on sho’rva — sabzavot qaynatmalari. Yovg’on ovqatlar parhez taom hisoblanadi. Yovg’on tayyorlash uchun oqshoq yoki guruch qozonda qaynab turgan suvga solib, yumshaguncha qaynatiladi. Guruch ezilib pishgach, tuzi rostlanadi, so’ng kosalarga suzib, 1 osh qoshig’ida qatiq solinadi va yuziga kashnich sepib dasturxonga tortiladi.