YOG’OCH SMOLASI
YOG’OCH SMOLASI, yog’och qatroni — yog’ochni quruq haydab yoki gazlashtirib olinadigan mahsulot; yopishqoq, rangi qo’ng’irdan tortib qoragacha, o’tkir hidli modda. Termik qayta ishlangan yog’ochni suvli distillyatda tindirib olinadigan tindirilgan, shu distillyatda erigan holatda bo’ladigan eritilgan, suvli distillyatda ekstraktsiya yo’li bilan olinadigan ekstraktsion Yog’och smolasi bor. Zichligi 1,0—1,15 g/sm3. Yog’och smolasidan yog’ochga shimdirish (kreozot), rudani boyitish (flotasiya) va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan moddalar olinadi.