ATELEKTAZ
ATELEKTAZ (Yunoncha ateles — yetilmagan, noto’liq va ektasis — cho’zilish) — o’pka pufakchalari (alveolalari), segmentlar va boshqalarning havosizlanishi yoki deyarli havo qolmasligi natijasida burishishi (puchqayishi). Atelektaz bronxlar teshigining xar xil narsalar (nekroz natijasida ko’chib tushgan epiteliylar va hokazo) bilan tiqilib qolishi yoki bronxlarning tashqi tomondan siqilishi (plevrada transsudat yoki ekssudat yig’ilganda, o’smalarda) oqibatida ro’y beradi. Bulardan tashqari, tug’ma Atelektaz ham bo’ladi — nafas olmaslik natijasida chaqaloq o’pkasining yozilmay qolgan qismi. Davosi: kasallikning asosiy sababi bartaraf qilinadi; bola tug’ilayotganda asfiksiyaning oldini olish chorasi ko’riladi; bronxga kirib qolgan yot jismlar olib tashlanadi; o’sma, bronxoadenit va boshqa kasalliklar davolanadi.