Steroidlar
Steroidlar — kimyoviy tabia- tiga ko’ra izoprenoidlarga mansub or- ganik birikmalar sinfi. S. tirik ta- biatda keng tarqalgan, mikroorganizm, o’simlik va hayvonlarda ko’plab uchraydi. Barcha S. steran uglevodorodlarining hosilalaridir, biogenetik jihatdan esa skvalendan hosil bo’ladi. S. — optic faol kristall moddalar, organik modda- larda suvga qaraganda yaxshi eriydi. Ta- biiy S. quyidagi sinflarga bo’linadi: sterinlar, o’tsafro kislotalari, steroid gormonlar (androgen gormonlar, Andro- genlar, kortikosteroidlar, estrogen gor- monlar), yurakfaol steroidlari, yurak glikozidlari, bufogeninlar, steroid sapogeninlar (saponinlar) va steroid alkaloidlar. Tabiiy Sdan tashqari, ko’p sonli «sintetik S.»ham olingan. S. tibbiyotda ko’plab ishlatiladi, kimyoda ahamiyati muhim.
O‘xshash so‘zlar
- Steroidlar
- Steviya
- Stexiometriya
- Steynbek (Steinbeck) jon Ernst
- Steynis (Steinitz) Vilgelm
- Stigler (Stigler) Jorj Jozef
- Stiglis (Stiglitz) Jozef
- Stilb






