Stiglis (Stiglitz) Jozef

Stiglis (Stiglitz) Jozef (1943.9.2, Gari sh., AQSh) — amerikalik iqtisodchi. 1967 y.da Massachusets texnologiya in- tida drlik darajasini olgan. Yel, Garvard va Stenford un-tlarida dars bergan. AQSh prezidenti B.Klintonning iqtisodiy maslahatchilari kengashi a’zosi (1993-1997). 1997-2000 y. Jahon banki viseprezidenti va bosh iqtisodchisi. 2001 y.dan NyuYork sh.dagi Kolumbiya un-ti prof. S. Assi- metrik axborotlarga asoslangan bozor nazariyasini asoslab berdi. Mukammal axborotga ega bo’lishning iqtisodiy sa- marasini isbotladi. Nobel mukofoti laureati (2001; J. Akerlof va M. Spet bilan birga).