KREATIN
KREATIN (Yunoncha kreas – go’sht, et) -organik modda. Molekulyar modda 131,14, suyuqlanish temperaturasi 315°. Suvda va spirtda eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali hayvonlar va odamning muskul to’qimasida (ayniqsa, ko’ndalang targ’il muskullarda) ko’p. Nerv to’qimasi, qon, jigar, buyrakda ham bor. Kreatinfosfat kislota tarkibiga kiradi; organizmda moddalar almashinuvida, muskul va miya faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
O‘xshash so‘zlar
- Kreatsionizm
- Kreatsionizm
- Kreativ testlar
- KREATINFOSFAT KISLOTA
- Kreativlik (ijodiylik)
- Krebs (Krebs) Xans Adolf
- Krebs halqasi
- KREDIT



