Kuautemok

Kuautemok (Cuauhtemoc) (1494/ 1502-1525) — asteklar bosh hukmdori (1520-21); ispan bosqinchilariga qarshi qurolli kurash rahbari. MEK- sika milliy qahramoni. Tenochtitlan (hoz. Mexiko) mudofaasi vaqtida yuk- sak harbiy salohiyat va shaxsiy jasorat ko’rsatgan. K. buyrug’iga ko’ra, shahar mu- dofaa inshootlari (xandaqlar, devor- lar, ko’chabandlar, otliq qo’shinga qarshi maxsus to’siqlar) b-n mustahkamlangan. Pistirmalardan unumli foydalan- gan. Tenochtitlan qulagach (1521), K. is- panlar tomonidan asir olinib, qattiq qiynoqlardan so’ng qatl qilingan.