Kuba xonligi

Kuba xonligi – shim.-Sharqiy Ozarbayjondagi davlat (18-a. o’rtasi — 1806). Shim.-Sharqiy Ozarbayjon Zakav- kazening eng boy, aholi zich joylashgan qismi bo’lib, Zakavkazening mollari uning muhim savdo portlari orqali tashqi bozorga o’tgan; u Rossiyaning Jan. ini Eron b-n va u orqali Hindiston va b. Sharq mamlakatlari b-n bog’lagan. K. x. ni 1758-89 y.larda Ozarbayjonning buyuk davlat arbobi Fatalixon Kubaviy (1736-89) boshqargan. U K. x. atrofi- ga Ozarbayjonning Jan.dagi Ardabil sh.gacha bo’lgan Kaspiy bo’yi erdarini birlashtirgan; Eron tajovuziga qarshi 1787 y.da gruzin podshosi Iraqliy II b-n shartnoma tuzgan. Fatalixon vafotidan so’ng 90-y.lar boshida K. x. parchalanib ketgan, 1806 y.da Rossiyaga qo’shib olin- gan.