Kultepa
Kultepa — shahar xarobasi (3-13- a. boshi). Sirdaryo viloyati, Xovos tuma- nidagi Sovot qishlog’idan 4 km Jan.da, Xo’jamushkentsoyning chap qirg’og’ida. San’atshunos-arxeolog N. B. Nemseva 1974 y. topgan. 1985 y. O’zbekiston FA Arxeologiya in-tining Sirdaryo otryadi (rahbari A. A. Grisiva) u erda qazish ishlari olib borgan. Tadqiqotlar va- tijasida K.da tarhi to’rtburchak qal’a va unga shim. va G’arb tomondan yondashgan turar joylar mavjudligi aniqlan-Di (umumiy mayd. 20 ga). Taxm. uning Mar- kazida Gulhovo’z deb ataluvchi bo-tiklik ham bor. Arab geograflari — Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy va b. asarla- rida kayd etilgan o’rta asrlar shaxri — Sobot Ayvan K. o’rnida bo’lgan. To- pilgan ashyoviy dalillar (so-Pol qadah, kosa, ko’za, xum, tog’ora va b. ko’pgiva sir- langan idishlar)ga taya-nib, K.dagi hayot 3 bosqich — so’nggi antik davr (3-4-a. lar), ilk o’rta asrlar davri (5-8-a.lar) va o’rta asrlar davri (10-13-a.lar)ga bo’linadi.