Kundal

Kundal — 1) amaliy bezak san’- atida bo’rtma bezak yaratish usuli; shu usulda yaratilgan bezak (vaqsh) ham K. deb ataladi. Me’morlikda bezatilayot- gan sath (devor)ga qizil kesak loy bir necha marta surtilib, bo’rtma shakl hosil qilinadi, so’ng mo’yqalam b-n bezak shakl bo’yoq va zarhal qoplab bo’yaladi; shu- ningdek, oltin plastinka (yap-Rokcha)lar qoplab ishlangan bo’rtma vaqshlar ham K. deb ataladi. 14-15-a.larda binolar- ni bezashda K. usulidan foydalanilgan. Mas, Samarqand (Bog’i Dilkusho, Amir Temur maqbarasi va b.), Buxoro (Baland masjid va b.)dagi binolarda K.ning jozibador namunalari saqlangan. Hoz. me’morlikdagi sharqova bezaklarda ham K. keng qo’llanadi. K. kashtado’zlik (jumladan, zardo’zlik)da bezatilayotgan buyum sirtiga to’shama (mato, karton va b.) qo’-yib, ustidan ip, ipak, zar iplar b-n kashta tikib hosil qilinadi; 2) zar ip qo’shib to’qilgan qimmatbaho shoyi mato; gullari xilma-xil va rang-barang; ushbu matodan tayyorlangan liboslar ham K. deb atalgan.