Latent davr, yashirin davr

Latent davr, yashirin davr — 1) fiziologiyada — biror qo’zg’atuvchining organizm (organ, to’qima, hujayra va boshqalar) ga ta’sir etgan soniyadan to javob reaktsiyasi bo’lguncha o’tgan vaqt. Latent davrni aniqlash psixologiyada (masalan, muhandislik psixologiyasida) ahamiyatga ega; 2) bo’g’ozlik Latent davri — bir qancha sut emizuvchi hayvonlar (suvsar, bo’rsiq va boshqalar)da urug’langan tuxum hujayraning vaqtincha rivojlanmay turishi; 3) tibbiyotda — kasallikning yashirin davri.