Limon kislota

Limon kislota, 2-gidroksi-1,2,3 — propantrikarbon kislota (NOOSSN2)2 S(on)soon – uch asosli organik kislota; tiniq kristallardan iborat rangsiz, hidsiz modda. Molekulyar modda 192,12, zichligi 1,665 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 153,5°. Suv va spirtda yaxshi, ko’pchilik organik erituvchilarda yomon eriydi. 175° da bir molekula suv ajralib, akonit va 3-ketoglutar kislotalar aralashmasi hosil bo’ladi. Limon kislota hujayra nafasini yuzaga chiqaradigan biokimyoviy reaktsiyalar sistemasida zarur komponentdir. Limon kislotaning boshka funktsiyalaridan biri organizmda kislota-ishqor muvozanatini saqlashdan iborat. Limon, krijovnik, malina, uzum va boshqa mevalarda uchraydi. Tsitrus mevalarida 6-8%, tamaki barglarida 8-14%, g’o’zapoyada, ba’zi madaniylashtirilgan bakteriyalar suyuqliklarida 10% gacha Limon kislota bo’ladi. Sanoatda shakarni Aspergillus niger shtammi bilan bijg’itib, shuningdek, tamaki barglaridan (nikotinni ajratib olingandan so’ng) olinadi. Limon kislota va uning tuzlari oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda, metallar yuzalarini qurum va zangdan tozalashda va organik sintezda qo’llanadi.