Limono’tlar, Limonnik

Limono’tlar, Limonnik (Schisandra) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Ikki uyli, chirmashib o’sadi. 14 turi bor. Sharqiy Osiyo tog’o’rmonlaria uchraydi. Bargi qizil, cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, cheti kungurali, bandli, ketma-ket joylashgan. Guli bir jinsli, oq yoki pushti, xushbo’y. Mevasi 1 — 2 urug’li, dumaloq, qizil, zich shingilga to’plangan, limon mazasi va hidi bor. Mevasi va urug’i tarkibida limon, olma va boshqa organik kislotalar, uglevodorodlar, vitamin S, efir moylari va boshqalar bo’ladi. Limono’tlar (nastoykasi va poroshogi) aqliy va jismoniy charchaganda, mehnat qilish va ko’rish qobiliyati susayganda Markaziy nerv sistemasi faoliyatini kuchaytiruvchi, organizm tonusini ko’taruvchi, shuningdek, yurak-tomir sistemasi va nafasni yaxshilovchi vosita sifatida ishlatiladi. Xitoy Limono’tlar ekiladi. Limono’tlar asosan, urug’idan ko’paytiriladi, urug’i bahorda yoki kuzda pitomniklarga ekiladi.