MAGNIT POTENTSIALOMETR

MAGNIT POTENTSIALOMETR – magnit zanjirining ikki nuqtasi orasidagi «magnit potentsiallari» farqini yoki magnit maydonining o’rtacha kuchlanganligini va yopiq konturdagi to’la magnit yurituvchi kuchni o’lchashda ishlatiladigan asbob. U induktsion, egiluvchan yoki qattiq o’zak (karkas) ga ingichka sim chulg’am bir tekis qilib o’ralgan induktsion g’altak (maydon g’altagi) dan iborat. Turli shaklda (to’g’ri, yarim halqa yoki halqa) bo’ladi (rasm). M. p. chulg’amining uchlari o’lchash asbobiga ulanadi. O’lchash asbobi sifatida ballistik galvanometr yoki mikrove-bermetr (doimiy magnit maydoni uchun), voltmetr yoki ossillograf (o’zgaruvchan magnit maydoni uchun) dan foydalaniladi. M. p. g’altagi o’ramining har bir qatlami va qadami bir xil qilib, har bir o’rami magnitlanmaydigan materialdan (kichik o’lchamda) yasaladi. Shunday shartlar kanoatlantirilgandagina M. p. yordamida olingan natijalar aniq bo’lishi mumkin. Ko’pincha, M.p. egiluvchan qilib yasaladi (shuning uchun katta yopiq halqa shaklida bo’ladi). Bunday M. p. b-n magnit zanjirining istalgan qismidagi «magnit potentsiallari» farqini aniqlash mumkin. «Magnit potentsiallari» tushunchasi shartlidir, ya’ni magnit maydoni potentsial maydon emas (chunki magnit maydonining kuch chiziqlari yopiq, tabiatda magnit zaryad yo’q).