MANFAAT
MANFAAT — individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatining asosiy sababi. Manfaat faoliyatni keltirib chiqaribgina qolmay, uning yo’nalishi, vosita va shakllari, maqsadini ham belgilab beradi. Manfaat turlari bir necha belgilar asosida tasnif qilinadi. Manfaat subyektiga ko’ra, shaxs, guruh va jamiyat Manfaatlariga bo’linadi. Manfaat qaysi ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liqligini hisobga olib moddiy va ma’naviy Manfaatlarga bo’linadi. Ma’naviy Manfaatlar esa, o’z navbatida, siyosiy, ruhiy, axloqiy va boshqa turlarga bo’linadi.