MANFAAT GURUHLARI

MANFAAT GURUHLARI — fuqarolar o’zlarining davlat bilan munosabatlarida hokimiyatga doir manfaatlarini bayon etish yoki himoya qilishi uchun ixtiyoriy tarzda birlashgan maxsus yoki moslashtirilgan tashkilotlari. Ular siyosiy partiyalardan maqsadlari, faoliyat usullari, hokimiyatga ta’sir resurslari va boshqa belgilariga ko’ra farq qiladi. Manfaat guruhlari rasmiy hokimiyat tashkilotlaridan farq qiladi, ammo ushbu tuzilmalar ichida ham vujudga kelishi mumkin. Ayni vaqtda, ular partiyalar bilan ham bir narsa emas (ular siyosiy hokimiyatni egallashga intilmaydilar). Manfaat guruhlari siyosiy maqsadlarga erishish uchun ixtiyoriy ravishda guruhlarga birlashgan odamlar faoliyati hisoblanadi.