MANFAATLAR IXTILOFI

MANFAATLAR IXTILOFI — siyosiy ihtiloflarning uch asosiy turlaridan biri. Iqtisodiy rivojlangan va barqaror davlatlarda ko’proq uchraydi. Iqtisodiy «patir» ni bo’lish atrofidagi savdo bu yerda siyosiy qoida bo’lib qolgan (soliqlar miqdori, ijtimoiy ta’minot hajmi va hokazolar uchun kurash). Ihtilofning bu turi tez echimini topadi, negaki bu yerda muammo kelishuv yo’lini topish mumkin («unisiga ham, bunisiga ham» qabilida).