Mariya Tereziya

Mariya Tereziya (Maria Theresia) (1717.13.5 – Vena – 1780.29.11) – gabsburglar sulolasidan bo’lgan Avstriya ersgersoginyasi (1740 yildan). Avstriya merosi uchun bo’lgan urushda Gabsburglar mulkiga bo’lgan o’z huquqlarini saqlab qolgan (biroq Sileziyadan ajralgan, uni Prussiyadan 1756-63 yillardagi Emmu yillik urushda ham qaytarib ololmagan). Mutlaq davlatni mustahkamlashga qaratilgan bir qator ma’muriy va boshqa islohotlar o’tkazgan.