Mesxeti tizmasi
Mesxeti tizmasi (Ajariya-Imereti, Ajariya-Axaltsixe) — Gruziyaning kichik Kavkaz tog’ sistemasidagi tizma. Qora dengizning Ajariya sohilidan kura daryosining Borjomi darasigacha 150 kilometrga cho’zilgan. Balandligi 2850 metrgacha (Mepisskaro). Cho’kindi jinslardan tashkil topgan. Keng bargli, igna bargli o’rmonlar, tog’yaylovlari bor.