Millatlar ligasi

Millatlar ligasi (inglizcha League of Nations, fransuzcha Societe des Nations, ispancha Socieded de Nacines)-1919-1946 yillarda faoliyat yuritgan xalqlar tinchligi va xavfsizligi yo’lidagi hamkorlikni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot. 1920 va 1946 yillar oralig’ida 63 davlat tashkilotning a’zosi bo’lgan. Millatlar ligasining rasmiy tillari 3 ta edi: fransuz, ingliz va ispan. Qarorgohi 1938 yildan Jenevada joylashgan. Tashkilot rahbarlari: Jeyms Erik Drammond (Buyuk Britaniya, 1920-1933), Jozef Lui Ann Avenol (Fransiya, 1933-1940), Shon Lester (1940-1946).