Milod

Milod (arabcha-tug’ilish), Yangi era, Bizning era-ko’pchilik mamlakatlarda qabul qilingan yil hisobining boshi va yil hisobi sistemasi. Iso payg’ambar (Iisus Xristos)ning tug’ilgan kunidan boshlanadi; Iso tug’lgan kun 1 yilning 1 yanvari deb qabul qilingan. Tarixning mana shu sanasigacha davri eski era (miloddan avval), keyingi davri yangi era, bizning era (Milod, milodiy) deb ataladi.