Miltiq
Miltiq — o’q otish quroli. Ov va harbiy ishda qo’llaniladi. Dastlabki M. 12-a.da arablarda paydo bo’lgan. M. yog’och dastaga mahkamlangan stvol (quvur)dan tuzilgan. Qadimgi M.lar pilta b-n o’t oldirilgan (shuning uchun o’zbeklar ora – sida «pilta miltiq» deb atalgan). 14-a. da Evropada silliq stvolli M. ishlab chiqarilgan. 16-a. birinchi yarmida is- paniyada mushket deb ataluvchi birmuncha tez o’qlanadigan M. ishlab chiqarildi. 17-18-a.larga kelib o’yiq stvolli M. yaratilgan. 19-a.da tepki, piston va me- Tall patronning ixtiro qilinishi M.ni o’qlash tezligini birmuncha oshirdi. 1868 y.dan boshlab Rossiyada patron gilzasi- ni mexanik ravishda chikarib tashlaydi- gan zatvorli M. qo’llanildi (q. Berdan- ka). 19-a.ning 2-yarmida magazin ixtiro qilingach, M.ni o’qpash tezligi ancha oshdi. 1891 y. rus qurolsozi S. I. Mo- sin yaratgan M. na-munasi 1jahon urushi, Rossiyada fukarolar urushi davrida keng qo’llanildi. 1930 y. mazkur M. ba’zi o’zgarishlar b-n qayta ishlab chiqarildi va 7,62 mm li M. degan nom oldi. Bu M. magaziniga 5 patron joylangani uchun u o’zbeklar orasida «beshotar» deb atalgan. Uning otish tezligi minutiga 10-12 marta, mo’ljalga olish va otish masofasi 2000 m; aniq otish masofasi 400 m gacha; og’irligi 4 kg (nayzasi b-n 4,5 kg). Optik prisel o’rnatilganda 800 m gacha maso- fadagi nishonni bexato urishi mumkin. Hozir M.lardan, asosan, ov qilishda foydalaniladi (yana q. Karabin, Pisto- let-pulemyot).