Mimoza

Mimoza (Mimosa) — burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Qo’sh patsimon murakkab bargli va mayda gulli (to’pguli kallak yoki boshoqsimon) o’t, liana, buta va daraxtlardan iborat. Mevasi yupqa pardali yoki etli dukkak. Pishganida, odatda, bo’laklanib ketadi. Tropikada, asosan, Amerikada, 450-500 turi bor. Ko’pincha, gulzorlarda «uyat- chang» M. o’stiriladi. Uyatchan M. bargla- ri kechasi yoki unga qo’l tegishi b-n juft- juft bo’lib yumilib, bir ozdan so’ng yana ochiladi (nomi shundan olingan).