Minneapolis
Minneapolis – AKShning shim. qismidagi shahar. Minnesota shtatida. Aholisi 382,6 ming kishi (2000). Trans- port yo’llarining yirik tuguni. Mis- sisipi daryosi bo’yidagi port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Aero- porti xalqaro ahamiyatga ega. Michigan va Qoyali tog’lar oralig’idagi q.x. r-nining muhim savdomoliya markazi. Ja-honda yirik g’alla birjasi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metall- sozlik. Radioelektronika (jumladan, EHM, aloqa vositalari, elek-trontar- kibiy qismlar, maishiy radio va televi- zor aparaturalari i.ch.), elektrotexnika, priborsozlik sanoatlari rivojlangan. Yo’l qurilishi va q.x. mashinalari, tur- li sanoat jihozlari ishlab chiqariladi. Harbiy, neftni qayta ishlash, kimyo, qog’oz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari, un-t bor.