Mirjalilov Saidnosir

Mirjalilov Saidnosir (1884, Turkiston — 1937.9.10, Toshkent) — ma’rifatparvar va jamoat arbobi. 3. Saidnosirovaning otasi. Dehqonchilik va savdo ishlari b-n shug’ullanib, Turki- stonning yirik sarmoyadorlaridan biri- ga aylangan. Paxta tozalash z-Di qurib, usuli jadid maktabini ochgan. Davlat dumasi musulmon sho»basining Peter- burgda bo’lib o’tgan qurultoyida ishti- rok etgan (1914). 1917 y.da tosh-kentga ko’chib kelgan va shahar dumasiga a’zo bo’lgan. «Sho’roi Islom» tashkilotining a’zosi sifatida Turkiston muxtoriyat hukumatining tashkil etilishida faol qatnashgan va bu xukumatning xazinachisi bo’lgan. 1921 y.da «Turkiston» savdosa- noat shirkatini tashkil etib, undan tush- gan daromad hisobiga «Milliy Ittihod» tashkilotini qo’llab-quvvatlagan hamda Germaniyaga o’qishga yuborilgan talaba- larni nafaqa b-n ta’minlagan va ularga moddiy yordam ko’rsatgan. M. «Nashri ma- Orif» ma’rifiy tashkiloti va «ko’mak» jamiyatining asoschilaridan biri (1923— 25). M. 1925 y.dan boshlab bir necha marta qamoqqa olingan; 1937 y.da otib tashlangan.