Muzaffarov Ahror Muzaffarovich

Muzaffarov Ahror Muzaffarovich (1909.1.9, Chimkent sh. -J987.22.5, Toshkent) — biolog olim. O’zbekiston FA akad. (1960), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1969), biol. fan- lari D-ri (1952), prof. (1955). Toshkent bilim yurtini tugatgan (1929). Farg’ona pedagogika in-ti dosenti (1944 y.dan), Marg’ilon o’qituvchilar in-ti direkto- rining o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (1945 y.dan), O’zbekiston FA Botanika va zoologiya in-tida kat- ta ilmiy xodim (1946-48), ixtiolo- giya va gidrobiologiya bo’limi boshligi (1949-50), O’zbekiston FA Botanika in-ti sporali o’simliklar lab. Mudi- ri (1950-56), direktori (1956-60). ToshDU biol. va tuproqshu-noslik f-ti tuban o’simliklar kafedrasi mudiri (1955-62), O’zbekiston FA Prezidi- umi a’zosi va biol. bo’limi boshlig’i (1960-70), FA mikrobiologiya bo’limi boshlig’i (1970— 77), 1985 y.dan FA Prezidiumi biol. fanlari bo’limining akad. kotibi. M. O’rta Osiyo tog’laridagi suv havzalarining suvo’tlar florasini, birinchi marta suvo’tlarning tarqalish qo-nuniyatlarini o’rgandi. Suvo’tlarni sun’iy yo’l b-n ko’paytirib, ulardan xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida foy- dalanish mumkinligini isbotlab berdi. Shogirdlari b-n suv o’simliklaridan ifloslangan suvlarni biologik usulda tozalash, atmosfera azotini to’plovchi ko’k-yashil suvo’tlardan paxtachilik, g’allachilik va sholikorliqda foydala- nish yo’llarini ishlab chiqdi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). As: Flora vodorosley gornix vodo- yomov Sredney Azii, T., 1958; Flora vodo- yomov Sredney Azii, T., 1965; xlorella, T., 1974 (hamkorlikda).