Muvozanatlagich

Muvozanatlagich, balansir — 1) mashinalarda xarakatni uzatuvchi va o’q oldida tebranma harakat qiluvchi ikki elkali (ba’zan bir elkali) richag. Lokomotiv (parovoz, teplovoz) lar va va- gonlarda ressoralarga uzatiladigan kuch- larni muvozanatlash uchun xizmat qiladi. M. kemalardagi nasoslar, metall kesish stanoklarida, burg’ilash qurilmalari va b.da qo’llanadi (q. Muvozanatlash)h 2) soat mexanizmida mayatnikning o’rnini bosuvchi asosiy rostlagich (q. Balansir, Soat).