Muzeylar qachon paydo bo’lgan?

Muzeylar — bu, yoki tabiatda topilgan, yoxud odamzot tomonidan yasalgan u yoki bu buyumlar kolleksiyasi to’planadigan va namoyish etiladigan joy. San’atga, fanga, tarixga, sanoatga, texnologiyalarga bag’ishlangan muzeylar mavjuddir. «Muzey» so’zi «muzalar dargohi» degan ma’noni anglatuvchi yunoncha kalimadan kelib chiqqan. Muzalar san’atning homiyalari edilar. Muzey deb atash mumkin bo’lgan ilk muassasalardan biri Misrdagi Aleksandriya-Iskandriyada topilgan. U miloddan avvalgi III asrga mansubdir. Aleksandriyadagi muzeyning maqsadi, bu narsaning nechog’li aniqligiga ko’ra, talabalarga qiziqarli bo’la oladigan turli-tuman axborotlarni jamlash edi. Talabalar bu yerda yashashar va tahsil ko’rishar edi. Muzeyda san’at asarlari, astronomiya va jarrohiyada qo’llanadigan asboblar, fillarning qoziqtishlari, nodir hayvonlarning terilari singari har xil atiqalar namoyishga qo’yilgan edi. O’sha zamonlardan ham XIX asrda muzey deb atasa arziydigan ko’plab kolleksiyalar bo’lgan, biroq ular qirol saroyi ayonlariga va asilzoda xonadonlarga tegishli bo’lib, ommaning ko’zidan ancha narida edi. Hatto XVIII asr o’rtalarida bunyod etilgan Britaniya muzeyiga ham boryo’g’i bir necha xos kishilarning kirishlariga ruxsat berilgan. Faqat fransuz inqilobigina Fransiya muzeylarning eshiklarini hamma uchun lang ochib qo’ydi. Inqilob kezlari 1793 yilda respublika hukumati Parijdagi Luvrni milliy muzeyga aylantirdi. XIX asrda ilk daf’a muzey binolari qurila boshladi. Berlindagi Altes muzeyi birinchilardan bo’lib bunyod etilgandi. U 1830 yilda tashkil topgan.