NAFAQA

NAFAQA — muhtoj odamlarga davlat, korxona, muassasa va ayrim shaxslar tomonidan beriladigan yordam puli. O’zbekiston Respublikasida mehnat stajiga ko’ra beriladigan pensiyadan farqli holda Nafaqa davlat tomonidan, asosan, bolalikdan nogiron, yolg’iz qariya va yolg’iz nogironlarga, mehnatga vaqtinchalik qobiliyatsizlarga, homilador va tuqqan ayollarga, 3 yoshgacha bo’lgan bolalari tarbiyasi bilan band bo’lgan ayollarga, ishsizlarga, kam ta‘minlangan, ko’p bolali oilalarga va boshqalar beriladi.