NAQIB

NAQIB (arab. – boshliq, sardor, qabila boshlig’i, dohiy) — Xiva xonligidagi harbiy mansabdor. Sayyidlar va xo’jalar uchun yuqori faxriy unvon. Naqib o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlaridan deb hisoblaydigan sayyidlar jamoalari rahbarlarining lavozimi. Hukmron doiralar Naqib orqali sayyidlar jamoalari bilan muomala qilganlar. Naqiblik lavozimi avloddan-avlodga o’tgan. Naqib xonning eng yaqin maslahatchilaridan bo’lib, safarlarda unga hamroh bo’lgan. Rasmiy qabul marosimlarda Naqib xonning so’l tomonida birinchi o’rinda o’tirgan. Xon Naqiblarga tayangan. Naqiblarning o’z navkarlari bo’lib, hamma harbiy safarlarda qatnashgan. Naqiblarning vazifasi urush safari vaqtida qo’shin tuzish, uni qurollantirish va joylashtirish mahoratiga ega bo’lgan, old va orqadagi, o’ng va so’l qanotdagi markaz va pistirmadagi askar holidan xabardor bo’lgan, o’z vazifasiga loyiq bo’lmagan kishini ma‘lum vazifani bajarishga qo’ymagan. Xiva xonligida urush safarlari vaqtida Naqib shu vazifalarni bajargan. Xon «saylov»i vaqtida Naqib ishtirok etgan.