NARKOBIZNES

NARKOBIZNES (yun. pagke – biznes) — narkotik moddalarni olish va sotish bilan shug’ullanadigan jinoiy uyushma faoliyati. Narkobiznesdan katta foyda ko’rayotgan turli guruh va shaxslar faoliyati xalqaro konvensiyalar, alohida mamlakatlarning qonunlari bilan man etilgan. Shunga qaramay XX asr oxiri va XXI asr boshida bunday faoliyat avj oldi. Narkobiznes keltirib chiqarayotgan global oqibatlar insoniyatga xavf sola boshladi. Shu bois BMT doirasidagi hamda turli mintaqaviy uchrashuvlarda Narkobiznesga qarshi kurashda xalqaro jamoatchilik kuch-g’ayratini birlashtirish ta‘kidlab kelinadi. Narkobiznes bugungi kunda dunyoda eng global muammoga aylandi.