Najmiddinov Tursun Xo’jayevich

Najmiddinov Tursun Xo’jayevich (1901.15.12 — Toshkent -1972.14.3) — infektsionist olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1944), tibbiyot fanlari Doktori (1944), professor (1944). O’rta Osiyo universiteti tibbiyot fakultetini tugatgach (1928), shu universitet tropik kasalliklar kafedrasi ordinatori, assistenti, dotsenti (1928— 32), toshti infektsion va tropik kasalliklar kafedrasi mudiri (1953— 70), 1971 yildan ilmiy konsultant. Asosiy ilmiy ishlari bezgak, brusellyoz, gelmintoz, leyshmanioz, rishta, o’lat, TIF va paratif hamda epidemik gepatit kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolashga oid. Toshkent sh.dagi olim yashagan kucha, 2-toshti infektsion va tropik kasalliklar kafedrasi Najmiddinov nomi bilan ataladi. As: kratkoe rukovodstvo po vnutrennim i tropicheskim boleznyam, T., 1939; Klinika Zatyajnoy malyarii v Sredney Azii, T., 1943; lecheniya malyarii sinteticheskimi preparatami, T., 1950.